Yangilik
Nodira Sultonxo‘jayeva rahbarligidagi TBC Bank 2025-yilda tanilish bo‘yicha top-3 talikka kirdi.
Nodira Sultonxo‘jayeva rahbarligidagi TBC Bank 2025-yilda tanilish bo‘yicha top-3 talikka kirdi.
TBC Uzbekistan ekotizimida strategik tayinlov amalga oshirildi. Ilgari marketing bo‘yicha direktor (CMO) lavozimida faoliyat yuritgan Nodira Sultonxo‘jayeva endilikda TBC Biznes yo‘nalishiga rahbarlik qiladi.
Uning boshqaruvi davrida ekotizimga kiruvchi Payme brendining tanilish darajasi 70% dan oshdi. Endilikda asosiy vazifa — kichik va o‘rta biznes uchun O‘zbekistondagi eng yaxshi va qulay raqamli bank platformasini yaratishdan iborat.
Shu bilan birga, marketing yo‘nalishini jamoa ichidan o‘sib chiqqan Malika Niyazmatova o‘z qo‘liga oldi. Bu o‘zgarishlar bankning tadbirkorlar segmentidagi xizmatlar sifatini oshirish va raqamli yechimlarni kengaytirish strategiyasining bir qismidir.
Shu hafta: TBC Biznes mobil ilovasini yuklab oling va yangi ochiladigan biznes hisob raqamlari uchun taqdim etilayotgan imtiyozli tariflar hamda keshbek shartlarini o‘rganing.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/1136966643121839